Yakka tartibda qurilgan uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 20-band. Sudlar uyning oldi-sotdi, hadya va shu kabi shartnomalarini haqiqiy emas deb topish…

Sudlar uyning oldi-sotdi, hadya va shu kabi shartnomalarini haqiqiy emas deb topish haqidagi nizolarni hal etishda Fuqarolik kodeksining bitimlarning haqiqiy emasligiga oid normalariga amal qilishlari lozim. Amalda yer uchastkasi sotilganligini niqoblash maqsadida tuzilgan oldi-sotdi, hadya, uy ijarasi shartnomalari va boshqa shartnomalar Fuqarolik kodeksi 114-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan oqibatlar bilan haqiqiy emas deb topiladi.