Uyga yoki uning qismiga boʻlgan mulk huquqi buzilishi bilan bogʻliq talablarga Fuqarolik kodeksining 150-moddasida koʻrsatilgan uch yillik umumiy daʼvo muddati qoʻllaniladi. Sudlar shuni eʼtiborda tutishlari joizki, Fuqarolik kodeksi 153-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, daʼvo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud hal qiluv qarori chiqargunga qadar bergan arizasiga muvofiq qoʻllaniladi.