Imorat soluvchiga uning oila aʼzolari yoki qarindoshlarining uy qurishda yordam berganligi faktining oʻzi ularning uyning bir qismiga boʻlgan mulk huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi daʼvosini qanoatlantirish uchun asos boʻla olmaydi. Bunday daʼvo ana shu shaxslar bilan imorat soluvchi oʻrtasida uyga nisbatan umumiy mulkning vujudga kelishi toʻgʻrisida kelishuv boʻlgan hamda ular (shaxslar) ayni ana shu maqsadda uy qurilishiga oʻz mehnat va mablagʻlarini qoʻshgan hollardagina sud tomonidan qanoatlantirilishi mumkin.