Yakka tartibda qurilgan uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 9-band. Nikoh vaqtida, yaʼni birgalikdagi turmush davrida er-xotin tomonidan qurilgan yoki…

Nikoh vaqtida, yaʼni birgalikdagi turmush davrida er-xotin tomonidan qurilgan yoki qonunda belgilangan asoslar bilan qoʻlga kiritilgan uy, bu uyni qurish uchun yer uchastkasi ulardan qaysi biriga ajratib berilganligidan, uyni mulk qilib olish toʻgʻrisidagi shartnomada ulardan qaysi birining nomi koʻrsatilganligidan va uy kimning nomiga roʻyxatdan oʻtkazilganligidan qatʼi nazar, ularning umumiy birgalikdagi mulki hisoblanadi. Er-xotinning umumiy birgalikdagi mulki boʻlgan uyni boʻlish toʻgʻrisida nizo kelib chiqqan taqdirda, uyning ulardan har biriga tegishli ulushi miqdori Oila kodeksining 28-moddasiga muvofiq belgilanadi. Agar xotin (er) uydan oʻz ulushi uchun pul kompensatsiyasi olishga rozi boʻlsa, erga (xotinga) berilishi yoki ularning umumiy ulushli mulki qilib qoldirilishi mumkin. Uy umumiy ulushli mulk qilib qoldirilgan taqdirda, sud oʻzining hal qiluv qarorida uyning er-xotindan har biriga tegishli ulushi miqdorini koʻrsatishi shart.