Ish boʻyicha bir jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar) va bir necha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchilar boʻlgan taqdirda ham qonun jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar)ning ulardan ayrimlari bilan yarashuvga kelishi mumkinligini eʼtirof etadi. Bunday hollarda ishning jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar) yarashuvga kelgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchilarga oid qismi alohida ish yurituvga ajratilib Jinoyat-protsessual kodeksining 584-moddasi tartibida sudga yuboriladi, qolganlarga doir qismi boʻyicha esa, ish yuritish umumiy asoslarda olib boriladi.