Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 7-band. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ishtirok…

Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ishtirok etuvchi shaxslar doirasi boshqa toifadagi jinoyat ishlari boʻyicha protsess ishtirokchilaridan birmuncha farq qiladi. Jumladan, qonunda yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud majlisida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), ularning qonuniy vakillari, himoyachilari va prokuror ishtirok etishi nazarda tutilgan. Biroq, bu sudning ish yuzasidan qonuniy, asosli va adolatli qaror qabul qilishi uchun zarur boʻlgan hollarda yuqorida koʻrsatilganlardan tashqari oʻzga shaxslarni ham ishga jalb etish hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa vakolatlardan foydalanish huquqini cheklamaydi.