Mehnat daftarchasini tegishli ekanligi faktini belgilashda korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat daftarchasini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi qoʻllanmaning 22-bandida koʻrsatilgan, yaʼni mehnat daftarchasiga hujjat (tugʻilish, nikoh, nikohni bekor qilish haqidagi guvohnomalar, pasport va boshqa)larga asosan arizachining oxirgi ish joyi maʼmuriyati tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi va tugʻilgan vaqti haqidagi oʻzgartirishlarni kiritish mumkinligi toʻgʻrisidagi dastlabki hal qilish tartibiga arizachi rioya qilgan-qilmaganligini sud aniqlashi kerak.