Prokuratura toʻgʻrisida 20-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri prokurorining oʻz boʻysinuvidagi idoralarga rahbarlik qilish borasidagi vakolatlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tegishincha shaharlar, tumanlar va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning faoliyatiga rahbarlik qiladilar, qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari va koʻrsatmalari asosida hamda ularni ijro etish yuzasidan oʻziga boʻysinuvchi xodimlarning hammasi uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradilar, koʻrsatmalar beradilar, ajratilgan ish haqi fondi doirasida belgilangan lavozimlarni saqlagan holda Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi bilan kelishib apparat va oʻziga boʻysunuvchi prokuraturalarning shtat jadvaliga oʻzgartirishlar kiritishlari mumkin.