Prokuror qonunning buzilishiga ana shu buzilishlarning sabablariga va uning buzilishiga koʻmaklashgan shart-sharoitlarga barham berish toʻgʻrisidagi taqdimnomani qonun buzilishini bartaraf etish vakolatiga ega boʻlgan davlat idorasiga, jamoat tashkilotiga yoki mansabdor shaxslarga kiritadi, bu taqdimnoma darhol koʻrib chiqilishi lozim. Koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida bir oylik muddat ichida prokurorga maʼlum qilinishi shart. Taqdimnoma kollegial idora tomonidan qarab chiqilayotganda prokurorga majlis oʻtkaziladigan kun maʼlum qilinadi, prokuror bu majlisda qatnashishga haqlidir.