Prokuratura idoralari Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan va jinoyat-protsessual qonuniga binoan oʻz vakolatlariga berilgan jinoyatlarga doir ishlarni tergov kiladilar. Prokuror har qanday jinoiy ishni oʻzi yuritish uchun olishga yoki oʻziga boʻysinuvchi prokurorga topshirishga, shuningdek birgalikda tekshiruv oʻtkazish uchun prokuratura tergovchilari, ichki ishlar idoralari hamda boshqa idoralarning tergovchilari va operativ xodimlardan iborat tergov guruhini tuzishga haqlidir.