Prokuratura toʻgʻrisida 38-modda. Sud qarorlarining qonuniyligini tekshirish uchun suddan ishlarni talab qilib olish

Prokuror, uning oʻrinbosari oʻz vakolatlari doirasida hukmlari, hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari qonuniy kuchga kirgan har qanday ishni suddan talab qilib olish huquqiga egadir. Prokuror, uning oʻrinbosari yoki ularning topshirigʻiga binoan prokuraturaning boshqa xodimlari sudlarda har qanday toifadagi shunday ishlarni oʻrganish huquqiga ega. Prokuror sud tomonidan chiqarilgan hukmlar, hal qiluv qarorlar, ajrimlar va qarorlarning qonunga muvofiq emasligini aniqlagach, protest kiritish huquqiga ega, agar bu hol uning vakolat doirasiga kirmaydigan boʻlsa, yuqori pogʻonadagi prokurorga taqdimnoma bilan murojaat etib, protest kiritishni soʻraydi.