Prokuratura toʻgʻrisida 49-modda. Prokuratura idoralari xodimlarining mansab darajalari va harbiy unvonlari

Prokuratura idoralarining xizmatchilariga, shu jumladan prokuraturaga qarashli ilmiy muassasalar va oʻquv yurtlari xodimlariga egallab turgan lavozimiga va ish stajiga muvofiq darajali unvonlar yoki harbiy unvonlar beriladi. Darajali unvon hamda harbiy unvon berish va undan mahrum etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan Prokuratura xodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisidagi nizom bilan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadigan harbiy Prokuratura toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.