Prokuratura toʻgʻrisida 50-modda. Prokurorlar va prokuratura tergovchilarining daxlsizligi

Prokuror va prokuratura tergovchisi davlat himoyasida boʻlib, xizmat daxlsizligiga egadirlar. Prokuror va prokuratura tergovchisiga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatish va jinoiy ishni tekshirish faqatgina prokuratura idoralarining huquq-vakolatlariga kiradi. Prokuratura xodimlariga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik va nojoʻya xatti-harakat uchun intizomiy javobgarlik choralarini qoʻllashga doir masala yuqori pogʻonadagi prokuror tomonidan hal etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokurori tomonidan roʻyxati belgilanadigan prokuror-tergov xodimlari oʻq otar qurolini olib yurish huquqiga egadirlar.