Prokuratura toʻgʻrisida 55-modda. Prokuratura idoralarini moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti

Prokuratura idoralarining moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti markazlashtirilgan tartibda respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi. Hokimlar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, harbiy qismlarning qoʻmondonliklari oʻz hududlarida joylashgan prokuratura idoralarini tegishli xizmat binolari bilan taʼminlashlari shart.