Prokuratura toʻgʻrisida 7-modda. Prokuror talablarini bajarishning majburiyligi

Prokurorning oʻzi aniqlagan qonunbuzarlik hollarini, qonun buzishlarning sabablarini va unga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish, hujjatlar, materiallar, va boshqa maʼlumotlarni taqdim etish, reviziya va tekshirish oʻtkazish, mutaxassis ajratish toʻgʻrisidagi, prokuraturaga kelish va qonun buzilganligi xususida tushuntirish berish haqidagi talablarini bajarish shunday talab yuborilgan barcha idoralar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir. Prokurorning talablari va qarorlari ustidan shikoyat qilinishi ana shu talablar va qarorlarning ijrosini toʻxtatib qololmaydi.