Qimmatli qogʻozlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashtirish va ularning muomalasiga, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida; Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritish kvotalari va tartibini belgilaydi.