Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida 18-modda. Depozit sertifikatlarini va veksellarni joylashtirish hamda ularning muomalasi

Depozit sertifikatlarini joylashtirish va ularning muomalasi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Veksellarni joylashtirish va ularning muomalasi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.