Oʻzaro majburiyatlarni (qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar boʻyicha axborotni toʻplash, solishtirish, tuzatish va ularga doir buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash) aniqlash hamda qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish va ular yuzasidan hisob-kitoblar boʻyicha oʻzaro majburiyatlarni hisobga olish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs hisob-kitob-kliring palatasidir. Hisob-kitob-kliring palatalari oʻzaro majburiyatlarni aniqlash chogʻida tayyorlangan qimmatli qogʻozlar, pul mablagʻlari va buxgalteriya hujjatlarini qimmatli qogʻozlar bozorining qaysi ishtirokchilari uchun hisob-kitoblar amalga oshirilayotgan boʻlsa, shu ishtirokchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ijro etish uchun qabul qiladi.