Qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarni qabul qilish, ularga ishlov berish va ularni topshirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxs transfer-agentdir. Emitent, shuningdek qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzuvchi shaxslar transfer-agentning mijozlaridir. Transfer-agent emitentga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan xizmatlar koʻrsatishga haqlidir.