Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: aksiya — oʻz egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻoz; axborotni oshkor qilish — qimmatli qogʻozlar bozorida manfaatdor shaxslarning axborotni olish maqsadidan qatʼi nazar, axborotdan uning topilishi va olinishini kafolatlaydigan shakllarda foydalanishini taʼminlash; veksel — veksel beruvchining yoki vekselda koʻrsatilgan boshqa toʻlovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani toʻlashga doir shartsiz majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qogʻoz; davlat qimmatli qogʻozlari — Oʻzbekiston Respublikasining gʻazna majburiyatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari; depo hisobvaragʻi — deponentning qimmatli qogʻozlarini saqlash va qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish uchun moʻljallangan depozitariyning hisobga olish registrlaridagi yozuvlar yigʻindisi; depo hisobvaragʻidan koʻchirma — deponentning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini tasdiqlaydigan, depozitariy tomonidan beriladigan hujjat; depozitar operatsiyalar — hisobga olish registrlarida depozitariylar tomonidan depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq bajariladigan operatsiyalar; depozit sertifikati — bankka qoʻyilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qogʻoz; depozitariyning hisobga olish registrlari — depozitariyda qimmatli qogʻozlarni