Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida 38-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorida axborotni oshkor qilish toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar

Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot ochiq va oshkoradir, qonunda belgilangan hollarda oshkor qilinadigan maxfiy axborot bundan mustasno. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi, qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari, shu jumladan mikrofirmalar va kichik korxonalar axborotni: ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish; hisobotlar, maʼlumotlar va boshqa axborot taqdim etish orqali oshkor qiladi. Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi, emitent, fond birjasi ushbu Qonunda nazarda tutilgan axborotni investorlarga va qimmatli qogʻozlarning egalariga qogʻozda taqdim etganlik uchun undan nusxa koʻchirishga sarflanadigan xarajatlardan oshmaydigan miqdorda haq olishi mumkin.