Ushbu Qonun jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan davlat organlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida va (yoki) undan tashqarida sodir etiladigan, Oʻzbekiston Respublikasidagi tovar yoki moliya bozorida raqobatning cheklanishiga, shuningdek raqobat yoki tabiiy monopoliya sharoitlarida isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlariga (harakatsizligiga) nisbatan tatbiq etiladi. Ushbu Qonun intellektual mulk obyektlariga boʻlgan mutlaq huquqlar bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan insofsiz raqobatni taqiqlash hollari mustasno.