Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari tomonidan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzuvchi hujjat qabul qilinganligi natijasida xoʻjalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi. Agar respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzadigan harakati (harakatsizligi) tufayli xoʻjalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga zarar yetkazilgan boʻlsa, mazkur zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
8-bob. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishlarni qoʻzgʻatish va koʻrib chiqish, shuningdek vakolatli davlat organining qarorlari va koʻrsatmalarini ijro etish hamda ular yuzasidan shikoyat qilish