Tashqi reklamani joylashtirish (tarqatish) uchun maxsus ishlab chiqilgan va qoʻllaniladigan vositalar, shuningdek axborotni aholiga yetkazish vazifasini bajaruvchi texnik vositalar (konstruksiyalar) (pilonlar, koʻchma reklama konstruksiyalari (ustun, plakat), prizmatronlar, proyeksiyaviy konstruksiyalar, bilbordlar, videoekranlar, elektron displeylar va boshqa texnik vositalar) tashqi reklama va axborot obyektlaridir (konstruksiyalaridir). Tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari): yer uchastkalariga; binolarning, inshootlarning yoki ular majmualarining sirtiga (tomiga, old tomoniga, devorlariga); koʻpriklarga va yoʻl oʻtkazgichlarga; jamoat transporti bekatlariga, shahar muhiti elementlariga (parkinglar, tumbalar, taksofonlarga va boshqalarga); muayyan hududdagi (shahar muhiti) tashqi infratuzilmaning boshqa obyektlariga oʻrnatilishi mumkin. Aholining shahar doirasidagi yashash va (yoki) faoliyat yuritish muhiti shahar muhiti jumlasiga kirib, u ishlab chiqarish, ijtimoiy, muhandislik, transport infratuzilmalarining moddiy obyektlarini, havo va yer osti makonini (metropoliten infratuzilmasidan tashqari) oʻz ichiga oladi hamda tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish maqsadlari uchun tijorat ahamiyatiga ega boʻladi. Tashqi reklama va axborotni joylashtirish (tarqatish) uchun maxsus moʻljallangan hamda foydalaniladigan texnik vositalarni oʻrnatish yoki tashqi reklama va axborotni joylashtirish uchun maxsus moʻljallanmagan texnik vositalarga joylashtirish (tarqatish) tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish uchun yer uchastkasining tijorat qiymatini aks ettiruvchi hududlarning zonalar boʻyicha taqsimotini, oʻrnatiladigan tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) orasidagi masofalar normativlarini tasdiqlaydi, y