Reklama toʻgʻrisida 4-modda. Reklamaga boʻlgan mualliflik huquqi va turdosh huquqlar

Reklama toʻliq yoki qisman mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyekti boʻlishi mumkin. Bu holda mualliflik huquqi hamda turdosh huquqlar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq himoya qilinishi lozim.