Tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini reklama qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini sotishni quyidagi yoʻllar orqali ragʻbatlantirishga yoʻl qoʻyilmaydi: tamaki mahsulotlarining hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining namunalarini bepul tarqatish, shuningdek ularga nisbatan chegirmalar qoʻllash; tamaki mahsulotlarining hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining nomidan, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) yoki tasviridan foydalaniladigan tadbirlarga homiylik qilish; tamaki mahsulotlarining hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining nomidan, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) yoki tasviridan foydalanilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, oʻyinlarni va boshqa shu kabilarni), shuningdek bolalar oʻyinchoqlariga, shirinliklarga yoki bolalarga moʻljallangan boshqa tovarlarga oʻxshatib chiqarilgan tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini tarqatish, shu jumladan sotish; savdo obyektlarining old tomonida, kirish (chiqish) joylarida, rastalarida, tashqariga olib chiqiladigan predmetlarida hamda boshqa joylarida tamaki mahsulotlarining hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining tasvirlarini, nomlarini hamda ular haqidagi boshqa axborotni joylashtirish; tamaki mahsulotlari, tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalari boʻlmagan boshqa turdagi tovarlarni ishlab chiqarayotganda tamaki mahsulotlariga, tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalariga, mazkur moslamalarning ashyolariga yoki alohida qismlariga oʻxshatiladigan har qanday atamalar, taʼriflar, belgilar, ramzlar, tasvirlardan yoki boshqa alomatlardan foydalanish; ragʻbatlantiruvchi aksiyalar yoki shunga oʻxshash boshqa tadbirlar oʻtkazish. Boshqa har qanday tovarlarning reklamasida tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish mo