Reklama toʻgʻrisida 43-modda. Moliyaviy xizmatlar reklamasi

Moliyaviy xizmatlar reklamasi yoki ular haqidagi reklama tarzidagi axborot: reklamadan foydalanuvchining ishonchini suiisteʼmol qilmaydigan va (yoki) reklamadan foydalanuvchining tajribasi va bilimi yetishmasligidan foydalanish niyatini koʻzlamaydigan usulda taqdim etilishi; reklama qilinayotgan xizmatlarga bevosita aloqador boʻlmagan axborotga ega boʻlmasligi kerak; ushbu moliyaviy xizmatlar koʻrsatish uchun shartnomalarning muhim shartlarini ochib berishi kerak.