Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi reklamaning aylanishi sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi). Vakolatli davlat organi: reklamaning aylanishi sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijrosini taʼminlaydi; reklamaning aylanishi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini tashkil etadi; reklamaning aylanishi sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi; reklamaning aylanishi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlar beradi; reklamaning aylanishi sohasida mahalliy va xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi; Tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) xavfsizligining umumiy texnik reglamentini ishlab chiqadi; reklamaga oid faoliyat subyektlariga reklama axboroti bilan bogʻliq hujjatlar va materiallarni belgilangan muddatlarda taqdim etishga doir soʻrov yuboradi; reklamaga oid faoliyat subyektlari tomonidan reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining buzilishi hollarini aniqlaydi va ularni bartaraf etish choralarini koʻradi; zarur hollarda reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilishi holatlarini aniqlash maqsadida xulosalar va izohlar olish uchun ekspertlar hamda mutaxassislarni jalb qiladi; reklamaga oid faoliyat subyektlariga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllash haqida qonunchilikda belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi; reklamaga oid faoliyat subyektlarining birlashmalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasida halol raqobat hamda qonuniylikka rioya etish prinsiplariga asoslangan reklama bozorini rivojlantirish uchun qulay shart-s