Okrug saylov komissiyasi: tegishli hududda ushbu Kodeksning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi; uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi; nomzodlarga saylov kampaniyasida ishtirok etish uchun teng sharoitlarni taʼminlaydi; saylovchilar roʻyxatlarining tuzilishini va hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi; saylov okrugi boʻyicha saylov natijalarini aniqlaydi va ularni tegishli hududiy saylov komissiyasiga taqdim etadi; takroriy saylov, shuningdek boʻshab qolgan oʻrinlarga deputatlar saylovi oʻtkazilishini tashkil etadi; saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno.