Yigirma bir yoshga toʻlgan, oʻrta yoki oliy maʼlumotga, qoida tariqasida, saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish borasida ish tajribasiga ega boʻlgan, aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan fuqarolar hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasining, okrug va uchastka saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin. Quyidagilar hududiy, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas: Qonunchilik palatasi deputati, mahalliy Kengash deputati, Senat aʼzosi; boshqa saylov komissiyasining aʼzolari; siyosiy partiyalarning aʼzolari va vakolatli vakillari; viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari hamda ularning oʻrinbosarlari; prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari; nomzodlar, nomzodlarning yaqin qarindoshlari va ishonchli vakillari; nomzodlarga bevosita boʻysunuvchi shaxslar; ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar. Markaziy saylov komissiyasining qaroriga asosan hududiy saylov komissiyasining uch nafargacha aʼzosi komissiyada doimiy, qolgan aʼzolari jamoatchilik asosida ishlaydi. Tuman va shahar saylov komissiyasining aʼzolari jamoatchilik asosida ishlaydi. Hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi aʼzolari ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas. Saylov komissiyasining oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradigan aʼzolari saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan boʻshatilishi yoki ularning roziligisiz boshqa ishga oʻtkazilishi mumkin emas. Uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining yarmidan koʻpi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emas, bundan Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda hamda boshqa statsionar davolash muassasalarid