Saylov kodeksi 33-modda. Siyosiy partiyalardan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar

Siyosiy partiyalardan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, shuningdek boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar oʻz faoliyatini tegishli komissiyalar tomonidan berilgan mandatlar asosida amalga oshiradi. Manfaatdor tashkilotlar oʻz kuzatuvchilari toʻgʻrisida saylov komissiyalariga saylovdan kamida oʻn kun oldin ariza bilan maʼlum qiladi. Manfaatdor tashkilotdan ariza olinganidan keyin besh kun ichida saylov komissiyasi kuzatuvchi uchun mandat beradi. Boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarga mandatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi. Kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega: saylov komissiyalarining majlislarida hozir boʻlish; nomzodlar koʻrsatishga bagʻishlangan yigʻilishlarda, nomzodlarning va siyosiy partiyalarning (vakillarining) saylovchilar bilan uchrashuvlarida ishtirok etish; saylov uchastkasida hozir boʻlish, tayyorgarlik ishlarining borishini, yashirin ovoz berish kabinalarining yoki xonalarining joylashtirilishini va saylov qutilarining muhrlanishini, fuqarolarning roʻyxatga olinishini, saylov byulletenlarining ularga berilishini kuzatish; ovozlar sanab chiqilayotganda va saylov komissiyasining bayonnomasi tuzilayotganda hozir boʻlish; saylov natijalari toʻgʻrisidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini soʻrash va olish; agar tegishli saylov uchastkasida ushbu Kodeksning talablari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan deb hisoblash uchun asoslar boʻlsa, oʻz kuzatuvlari toʻgʻrisida tegishli saylov komissiyasiga maʼlum qilish. Kuzatuvchilarga quyidagilar taqiqlanadi: saylovchi saylov byulleteniga oʻz belgisini qoʻyayotgan paytda yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida boʻlish; fuqarolarga taʼsir oʻtkazish, biron-bir tashviqot materialini yoki adabiyotini tarqatish; saylovchilardan ular qanday ovoz berganligini surishtirish yoki saylovchilarga saylov byulleteniga belgi qoʻyishda biron-bir tarzda yordam koʻrsatish; saylov komissiyasining faoliyatiga, shu