Saylov kodeksi 35-modda. Ommaviy axborot vositalarining vakillari

Ommaviy axborot vositalarining vakillari saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish, saylov kuni ovoz berish binolarida hozir boʻlish, shu jumladan ovozlarni sanab chiqish chogʻida hozir boʻlish huquqiga ega. Ommaviy axborot vositalari vakillarining vakolatlari Markaziy saylov komissiyasi, hududiy, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan berilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Boshqa davlatlarning ommaviy axborot vositalari vakillarini Markaziy saylov komissiyasi akkreditatsiyadan oʻtkazadi.