Saylov kodeksi 53-modda. Uchastka saylov komissiyasining ovoz berishdan oldingi faoliyati

Saylov kuni ovoz berish binosi uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlganda ochiladi. Uchastka saylov komissiyalari: yashirin ovoz berish uchun binoni ovoz berish boshlanguniga qadar tayyor holatga keltiradi; uchastka saylov komissiyasi aʼzolari orasida vazifalarni taqsimlaydi; komissiyaning ikki aʼzosi tomonidan imzolangan, muhr bilan tasdiqlangan saylov byulletenlarini tayyorlaydi.