Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oʻtmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, shuningdek, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida bitta nomzod ishtirok etgan boʻlsa va u zarur miqdorda ovoz toʻplay olmagan boʻlsa, Markaziy saylov komissiyasi takroriy saylov tayinlaydi. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining takroriy saylovi ham ushbu Kodeksda asosiy saylovni oʻtkazish uchun belgilangan ayni tartibda va ayni shartlarga rioya etgan holda oʻtkaziladi. Bunda quyi saylov komissiyalari faoliyatida saylov toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi aniqlangan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi saylov yangi tarkibdagi tegishli saylov komissiyalari tomonidan oʻtkazilishi zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylovni oʻtkazish uchun tuzilgan oʻsha saylov uchastkalarida va saylovchilarning oʻsha roʻyxatlari boʻyicha oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining takroriy saylovi asosiy saylov oʻtkazilganidan keyin yetmish kun ichida oʻtkaziladi. Qonunchilik palatasi deputatlarining va mahalliy Kengashlar deputatlarining takroriy saylovi quyidagi hollarda oʻtkaziladi: agar saylov oʻtmagan yoxud saylov okrugi boʻyicha haqiqiy emas deb topilgan boʻlsa; deputatlar saylovlarida nomzodlarga eng koʻp yoqlab berilgan ovozlar soni teng boʻlgan taqdirda. Qonunchilik palatasi deputatlarining va mahalliy Kengashlar deputatlarining takroriy saylovi tegishli saylov komissiyasining topshirigʻiga binoan hududiy, tuman, shahar va okrug saylov komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. Bunda quyi saylov komissiyalari faoliyatida saylov toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi aniqlangan taqdirda, tegishli saylov komissiyasi takroriy saylov yangi tarkibdagi tegishli saylov komissiyalari tomonidan oʻtkazilishi zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylovni oʻtkazish uc