Saylov kodeksi 82-modda. Senat aʼzolarining saylovi boʻyicha ovozlarni sanab chiqish va saylov natijalarini aniqlash

Ovozlarni sanab chiqish Sanoq komissiyasi aʼzolari tomonidan yashirin ovoz berish natijalari aniqlanguniga qadar tanaffussiz oʻtkaziladi. Saylov qutisidagi saylov byulletenlari asosida Sanoq komissiyasi: ovoz berishda ishtirok etgan deputatlarning umumiy sonini; Senat aʼzoligiga har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari sonini aniqlaydi. Ovoz beruvchilar tomonidan saylov byulletenlariga qoʻshimcha ravishda yozib qoʻyilgan fuqarolarning familiyalari boʻyicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi. Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari, ovoz berish chogʻida bitta ham kvadratga “+” yoki “ ” yoxud “x” belgisi qoʻyilmagan saylov byulletenlari, shuningdek yuz tomonida muhr va Sanoq komissiyasi aʼzolarining imzosi boʻlmagan byulletenlar haqiqiy emas deb topiladi. Yashirin ovoz berish natijalari boʻyicha bayonnoma tuziladi, bayonnoma Sanoq komissiyasining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi. Bayonnomaning qalamda toʻldirilishiga va unga biron-bir tuzatishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.