Saylov kodeksi 85-modda. Senat aʼzolari saylovining yakunlari

Markaziy saylov komissiyasi qoʻshma majlislarning bayonnomalari asosida bu bayonnomalar kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay Senat aʼzolarini roʻyxatga oladi, roʻyxatga olishdan keyin oʻn kun ichida esa guvohnoma va koʻkrak nishoni beradi. Agar saylov davomida, ovozlarni sanab chiqish, yashirin ovoz berish natijalarini aniqlash chogʻida ushbu Kodeks talablari saylov natijalariga taʼsir qilgan tarzda buzilishiga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, Markaziy saylov komissiyasi Senat aʼzolarining saylovini haqiqiy emas deb topishi mumkin.