Saylov kodeksi 87-modda. Boʻshab qolgan oʻrinlarga Senat aʼzolari saylovini oʻtkazish

Boʻshab qolgan oʻrinlarga Senat aʼzolari saylovi tegishli qoʻshma majlislarda ushbu Kodeks talablariga rioya etilgan holda oʻtkaziladi. Senat vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida Senat aʼzosining oʻrni boʻshab qolsa, boʻshab qolgan oʻringa Senatning yangi aʼzosi saylovi oʻtkazilmasligi mumkin.