Saylov kodeksi 92-modda. Mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarni roʻyxatga olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

Siyosiy partiya tegishli organining rahbari mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarni roʻyxatga olishni iltimos qilib, tegishli hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: siyosiy partiya tegishli organining deputatlikka nomzodlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi qarori; siyosiy partiya tegishli organi majlisining mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi bayonnomasi, unda deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashgʻulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, shuningdek bir mandatli saylov okrugi boʻyicha saylov okrugining nomi va raqami koʻrsatiladi; mahalliy Kengash deputatligiga nomzodi koʻrsatilgan shaxsning oʻz nomzodi tegishli bir mandatli saylov okrugidan ovozga qoʻyilishiga rozi ekanligi, ushbu Kodeks 90-moddasining uchinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning, basharti ular mahalliy Kengashlar deputatlari etib saylangudek boʻlsa, egallab turgan lavozimidan boʻshash toʻgʻrisidagi arizasi. Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga tegishli hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt koʻrsatilgan maʼlumotnoma beradi. Hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi siyosiy partiyalardan deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni roʻyxatga olish muddati tugallanishiga yetti kun qolganida yakunlaydi. Hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni besh kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Kodeks talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi. Hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi roʻyxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Kodeks talablaridan chetga chiqish hollari toʻgʻrisida tegishli siyosiy partiyalar rahbarlariga maʼlum qiladi. Siyosiy partiya hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va xatolarni ikki kunlik