Quyidagilar shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar boʻlishi mumkin: davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar; davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar. Buyurtmachilar: shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchini tanlash hamda u bilan bu hujjatlarni ishlab chiqishga doir shartnomani tuzish; obyektlarni qurish boʻyicha pudratchini tanlash va u bilan pudrat shartnomasini tuzish huquqiga ega. Buyurtmachilar: shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etishi; shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun topshiriqlarni tayyorlashi va tasdiqlashi; shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarga loyihalashtirishga doir birlamchi-ruxsat beruvchi hujjatlarni, shu jumladan arxitektura-rejalash topshirigʻini, topografik materiallarni, muhandislik-geologik qidiruvlarning va tayanch qurilish konstruksiyalarining texnik holatini tekshiruvdan oʻtkazish materiallarini, nuqsonlarga oid dalolatnomalarni taqdim etishi; shaharsozlik hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlashi; loyihalashtirish jarayoni ustidan tekshiruvni va qurilish sifati ustidan texnik nazoratni amalga oshirishi, qurilish jarayonida kamchiliklar va nuqsonlar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish yuzasidan choralar koʻrishi; shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha mualliflik nazorati amalga oshirilishini taʼminlashi; hududiy inspeksiyalar tomonidan qurilishi tugallangan obyektni ekspluatatsiya qilish uchun ruxsatnoma berilganidan keyin foydalanishning kafolat muddati davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishini tashkil qilishi shart. Buyurtmachilarga, bundan asosiy faoliyat turi sifatida qurilish-montaj ishlarini olib boruvchi tashkilotlar mustasno, pudratchi bilan qurilish pudrati shartnomasini tuzmasdan mustaqil ravishda (xoʻjalik u