Shaharsozlik kodeksi 25-modda. Shaharsozlik hujjatlari ekspertlarining huquqlari va majburiyatlari

Shaharsozlik hujjatlari ekspertlari: hududlarni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish loyihalari boʻyicha kompleks shaharsozlik ekspertizasida ekspert komissiyalari (ekspert guruhlari) tarkibida ishtirok etishga; buyurtmachilardan va ishlab chiquvchilardan zarur materiallarni hamda axborotni soʻrash va olishga; shaharsozlik faoliyatining professional ixtisoslashuviga muvofiq loyihalarning alohida boʻlimlari (qismlari) boʻyicha ekspertizani amalga oshirish, ular boʻyicha mahalliy ekspertiza xulosalarini tuzishga. Ayrim boʻlimlar (qismlar) boʻyicha ekspertizaning lokal xulosalari shaharsozlik hujjatlarini yaxlit tarzda tasdiqlash uchun asos hisoblanmaydi va ekspertizaning jamlanma xulosasini tuzishda foydalaniladi; buyurtmachi ekspertiza xulosasida qayd etilgan shartlarni (talablarni) bajarmagan hollarda ekspert tashkiloti tomonidan ilgari berilgan ekspertiza xulosasini chaqirib olinishini taklif qilishga haqlidir. Shaharsozlik hujjatlari ekspertlariga quyidagilar taqiqlanadi: mazkur ekspert tayyorlanishida bevosita yoki bilvosita ishtirok etgan loyihalar yuzasidan yoxud er (xotin) va (yoki) boshqa yaqin qarindoshlar ishtirokida bajarilgan loyihalar yuzasidan ekspertiza oʻtkazish; shaharsozlik faoliyatining subyektlari bilan mehnatga oid, moliyaviy jihatdan va (yoki) boshqacha tobelik munosabatlarida boʻlish. Shaharsozlik hujjatlari ekspertlari: shaharsozlik hujjatlarining koʻrib chiqilayotgan loyihalari boʻyicha davlat sirlarining va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirning maxfiyligiga rioya etishi hamda saqlanishini taʼminlashi; oʻz kasbiy malakasini oshirib borishi; kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etishi shart. Shaharsozlik hujjatlari ekspertlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlar ham ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. Ekspertiza sifatsiz oʻtkazilganligi hollari aniqlangan taqdirda ekspertlar va ekspert tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi. Ekspertlar va ekspert tashkilotlari oʻz faoliyat