Shaharsozlik kodeksi 27-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hamda uning hududiy inspeksiyalarining vakolatlari

Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (bundan buyon matnda Inspeksiya deb yuritiladi) hamda uning hududiy inspeksiyalari (bundan buyon matnda hududiy inspeksiyalar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar oʻz vakolatlari doirasida: mahalliy davlat hokimiyati organlariga va maxsus vakolatli davlat organining hududiy boʻlinmalariga shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan qarorlarni bekor qilish haqida taqdimnomalar kiritadi; binolar va inshootlarning zilzilabardoshliligiga taʼsir qiluvchi, shuningdek fuqaro hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi konstruktiv qoidabuzarliklar aniqlangan hollarda qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib turadi hamda demontaj ishlari amalga oshirilishini talab qiladi; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish sohasida ruxsat berish tartib-taomillariga rioya qilinmagan va aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha kamida ikkita koʻrsatma bajarilmagan hollarda qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib turadi va demontaj ishlarini olib borish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qiladi; yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik faoliyati sohasida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni, ularni bajarishning shaharsozlik faoliyati obyektidagi huquqbuzarliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan mutanosib muddatlarini, lekin koʻpi bilan oltmish kunni belgilagan holda, beradi; shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyalarning hamda ruxsat beruvchi hujjatlarning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki ularni bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun tegishli davlat organlari hamda tashkilotlarga taqdimnomalar yuboradi; shaharsozlik faoliyati obyektlarida binolar hamda inshootlarning zilzilabardoshliligiga ta