Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob berishi kerak. Shaharsozlik hujjatlarida qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarining xavfsizlik koʻrsatkichlari qayd etiladi. Shaharsozlik hujjatlarida qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari qurilishning texnik-iqtisodiy asoslari hamda loyiha yechimlarining talablaridan kelib chiqqan holda tanlab olinadi.