Aholi punktlarining bosh rejalari tasdiqlanganligi toʻgʻrisidagi axborot jumlasiga quyidagilar kiradi: shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari; davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholi punktlari bosh rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlari haqidagi maʼlumotlar; aholi punktlarining bosh rejalari toʻgʻrisidagi hujjatlar va maʼlumotlar. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari jamoatchilik muhokamalarining yakuniy hujjatlarini, jamoatchilik ekspertizalarining xulosalarini ommaviy axborot vositalarida va maxsus vakolatli davlat organining Internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida eʼlon qilish, dasturlar va shaharsozlik hujjatlarini namoyish qilishga doir tadbirlar orqali jamoatchilik nazorati subyektlarini aholi punktlarining bosh rejalari tasdiqlanganligi haqida tegishli qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran besh kundan koʻp boʻlmagan muddat ichida xabardor qilishi shart. Aholi punktlarining bosh rejalari tasdiqlanganligi toʻgʻrisidagi axborot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan taqdim etiladi.