Shaharsozlik kodeksi 49-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhi

Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilanadi: aholini joylashtirish tizimlarini, tabiatdan foydalanishni va ishlab chiqarish kuchlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlariga muvofiq rivojlantirishning asosiy qoidalari; Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarida ekologik vaziyatni yaxshilash, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, madaniy meros obyektlari hududlarini saqlash, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari; aholini joylashtirish tizimlarini rivojlantirish uchun qulay hududlar; muhofaza etiladigan tabiiy hududlar; qishloq xoʻjaligiga va oʻrmon xoʻjaligiga moʻljallangan hududlar; ekstremal tabiiy-iqlim sharoitlariga ega boʻlgan hududlar; tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar taʼsiriga duchor boʻlgan hududlar; foydali qazilmalar joylashgan hududlar; oʻziga nisbatan shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish rejimlari va shaharsozlik jihatidan foydalanishning boshqa turlari hamda shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mazkur hududlardan foydalanishga doir cheklovlar belgilangan hududlar; Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari. Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhidagi loyiha yechimlari Oʻzbekiston Respublikasi taraqqiyot strategiyasi, shuningdek xalqaro va mintaqaviy integratsiya jarayonlari, qoʻshni davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish boʻyicha hududiy dasturlari hamda jahon tamoyillari hisobga olingan holda uzoq muddatli istiqbolga moʻljallab ishlab chiqiladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhi Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha umumdavlat ahamiyatiga molik koʻp maqsadli strategik hujjatdir: aholini va ishlab chiqarish kuchl