Shaharsozlik kodeksi 71-modda. Harbiy obyektlarning va boshqa rejimli hududlarning zonalari

Harbiy obyektlarning va boshqa rejimli hududlarning zonalari oʻziga nisbatan alohida rejim belgilanadigan obyektlarni joylashtirish uchun moʻljallangan. Mazkur zonalarning hududlaridan aholi punktlari chegaralari doirasida foydalanish tartibi shaharsozlik normalari va qoidalarining, maxsus normativlarning va qurish qoidalarining talablari inobatga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.