Shaharsozlik kodeksi 83-modda. Shaharsozlik faoliyatini moliyalashtirish

Shaharsozlik faoliyatini moliyalashtirish budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari, buyurtmachilarning oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlari hisobidan, yuridik va jismoniy shaxslarning muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishda ulushli ishtirok etishi, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Shaharsozlik faoliyatini moliyalashtirish quyidagi hollarda budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi: ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 1 — 4-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda, kompleks muhandislik qidiruvlarini oʻtkazishda, mikroseysmik hududlashtirish xaritalarini tuzishda va shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda; shaharsozlik faoliyatiga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda, shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqishda; favqulodda ekologik vaziyatlar va ekologik falokat zonalarini, tarixiy manzilgohlarni, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid hamda ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishning belgilangan maqsadli umumdavlat dasturlarini, boshqa maqsadli umumdavlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda, shuningdek davlat shaharsozlik kadastrini yuritishda. Agar hududni shaharsozlik jihatidan oʻzlashtirish davlat manfaatlariga, ikki va undan ortiq viloyatning manfaatlariga yoki aholi punktlari guruhlarining manfaatlariga daxldor boʻlsa, budjet mablagʻlaridan boshqa shaharsozlik faoliyatini moliyalashtirish uchun foydalaniladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari har yilgi qurilishlarning manzilli roʻyxatlarini shakllantirishda aholi punktlari bosh rejalarining ishlab chiqilishini, kompleks muhandislik qidiruvlari oʻtkazilishini, aholi punktlarini mikroseysmik hududlashtirish xaritalarini, tabiatni muhofaza qilishning hududiy kompleks tarhlarini tuzishni, joriy qurish ustidan mualliflik nazorati hamda ah