Har bir fuqaro qulay hayot faoliyati muhitiga boʻlgan huquqqa ega. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda fuqarolarning qulay hayot faoliyati muhitiga boʻlgan huquqi: shaharsozlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish; hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish; fuqarolarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etishi; qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini sertifikatlashtirish; shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati; shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida fuqarolarga yetkazilgan hamda ularning hayot faoliyati muhiti yomonlashishiga sabab boʻlgan zararlarni kompensatsiya qilish, shuningdek fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash orqali taʼminlanadi.