Amalga oshirilishi natijasida shaxsga doir maʼlumotlarni tiklash imkoni boʻlmay qoladigan harakatlar shaxsga doir maʼlumotlarni yoʻq qilishdir. Shaxsga doir maʼlumotlar mulkdor va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs tomonidan quyidagi hollarda yoʻq qilinishi lozim: shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish maqsadiga erishilganda; subyektning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish uchun berilgan roziligi chaqirib olinganda; shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning subyekt bergan rozilik bilan belgilangan muddati oʻtganda; sudning qarori qonuniy kuchga kirganda.