Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida 2-modda. Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik

Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.