Subyekt oʻzining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishga taalluqli boʻlgan, quyidagilar koʻrsatilgan axborotni olish huquqiga ega: shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilganligi faktining tasdigʻi; shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish asoslari va maqsadlari; shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda qoʻllaniladigan usullar; mulkdorning va (yoki) operatorning nomi hamda ularning (uning) joylashgan yeri (pochta manzili), shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan yoxud mulkdor va (yoki) operator bilan tuzilgan shartnoma asosida yoki qonun asosida shaxsga doir maʼlumotlar oʻziga oshkor qilinishi mumkin boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar; tegishli subyektga taalluqli boʻlgan, ishlov beriladigan shaxsga doir maʼlumotlarning tarkibi, ularni olish manbai, agar ushbu Qonunda bunday maʼlumotlarni taqdim etishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan boʻlmasa; shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish muddatlari, shu jumladan ularni saqlash muddatlari; ushbu Qonunning 30-moddasida nazarda tutilgan huquqlarning subyekt tomonidan amalga oshirilish tartibi; shaxsga doir maʼlumotlarning amalga oshirilgan yoki moʻljallanilayotgan transchegaraviy uzatilishi toʻgʻrisidagi axborot. Subyektga oʻzining shaxsga doir maʼlumotlarini taqdim etish boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan hollarda, subyektning oʻz shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berilishiga taalluqli axborotni olishga boʻlgan huquqi cheklanishi mumkin. Subyektning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishga taalluqli axborotni uchinchi shaxsga taqdim etish tartibi subyektning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish uchun roziligi shartlariga koʻra belgilanadi. Mulkdor va (yoki) operator quyidagi hollarda subyektga uning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etish majburiyatidan ozod etiladi, agar: subyekt oʻzining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishni amalga oshirish toʻgʻrisida ilgari xabardor qilingan boʻlsa; shaxsga doir maʼl